O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ERGO Analytics va TIQXMMI universitetida Scopus va Web of Science jurnallariga maqola yozish bo'yicha Yozgi maktab o'tkaziladi

Blog Image

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ERGO Analytics va TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida Scopus va Web of Science indeksidagi jurnallarda akademik nashr bo'yicha Yozgi maktab tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun, Scopus va Web of Science — dunyo miqyosida eng nufuzli ilmiy bazalar bo'lib, ularning indeksidagi jurnallarga nashr etilgan maqolalar yuqori sifat va xalqaro tan olinish mezonlari sifatida baholanadi.

Yozgi maktab 2026-yil 9–11-iyun kunlari Toshkentda oflayn formatda o'tkaziladi. Ishtirokchilar tadqiqot mavzularini tanlash, akademik yozish, retsenziyalash jarayoni, AI vositalari, ekonometrik tahlil va Q1/Q2 jurnallarida muvaffaqiyat strategiyalari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallaydi.